“Navoiy” issiqlik elektr stansiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyatida elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasini modernizatsiya qilish va ta’minotini yaxshilash, aholi va mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
– Tizimda olib borilayotgan modernizatsiya ishlari, ayniqsa, zamonaviy axborot texnologiyalarining keng joriy etilayotgani ish unumi va sifatini yuksaltirmoqda, – deydi “Navoiy” issiqlik elektr stansiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Istam Hamroyev. – Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yangi energiya quvvatlari barpo etilayotgani ishlab chiqarishni yanada kengaytirish imkonini bermoqda.
Izoh (0)