17-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da Ispaniya Kubogi finalida “Barselona” va “Real” jamoalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Navbatdagi “El-Klasiko”da “Real” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va o‘z tarixida 19-marta Ispaniya Kubogi sohibiga aylandi.
Uff.uz’ning xabar berishicha, 11-daqiqada “Real” hujumchisi Karim Benzema Di Mariyani qulay vaziyatga chiqarib yubordi va argentinalik futbolchi so‘nggi zarbani berishda adashmadi — 1:0.
Shundan so‘ng “Barselona” vaziyatni o‘nglashga harakat qilgan bo‘lsa-da, madridliklar himoyani mustahkam ushlab turdi. Biroq 68-daqiqada burchak to‘pidan so‘ng Mark Bartra bosh bilan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin o‘yinda ustunlik “Barselona” tomoniga o‘tdi.
“Real” uchun imkon deyarli qolmagandek ko‘ringan lahzada, aniqrog‘i, 85-daqiqada Garet Beyl “Barselona” darvozasini ishg‘ol etdi – 2:1.
Shunday qilib, “El-Klasiko” “Real” g‘alabasi bilan yakunlandi.
Izoh (0)