Rossiyaning taniqli xonandasi Sofiya Rotaru iyun oyida Toshkentda konsert berishi haqidagi xabar rad etildi. Bu haqda “Sayyod” nashri ma’lum qildi.
“Sayyod”ning yozishicha, Sofiya Rotaru Toshkentda konsert berishi haqida reklama afishalari paydo bo‘lganidan so‘ng, foydalanuvchilardan biri bu xabarni aniqlashtirish niyatida xonandaning ma’murlari bilan bog‘langan. Xonanda vakili bu xabarni inkor etib, firibgarlar xatti-harakatlaridan kafolatlanmaganligi va ular bilan kurashish mushkulligini bildirgan.
“Sayyod” nashri mazkur holat yuzasidan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bilan bog‘langanida Sofiya Rotaruning Toshkentdagi konsertiga ruxsatnoma berilgani va bunga asos sifatida Sofiya Rotaruning ma’murlari bilan shartnoma mavjudligini keltirgan.“O‘zbeknavo” bergan ma’lumotga ko‘ra, ular 4-mart kuni “Refleks myuzik prodakshn” degan firma va uning direktori Goldman bilan shartnoma tuzgan. Biroq surishtirilganda Rossiyada bunday kompaniya yoki firma borligi aniqlanmagan.
Bu holatga javoban “Sayyod” Sofiya Rotaru ma’murlari prodyuserlar xatosini to‘g‘rilab, iyungacha rasman konsert tashkil qilishiga umid bildirgan.
Izoh (0)