• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senat Prezident vakolatlarining bir qismini bosh vazirga o‘tkazuvchi qonunni ma’qulladi

    2014-yil 10-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi ochildi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari qatnashdi. Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I. Sobirov olib bordi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: noviyvek.uz

    Foto: noviyvek.uz

    Senatorlar o‘z ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan parlament muhokamasiga qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqishdan boshladi. Ushbu Qonun davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisidagi mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab bergan ma’ruzasida bayon etilgan qoidalar va g‘oyalarga muvofiq tayyorlangan va qabul qilingan.

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar hokimiyat va boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish, “Kuchli davlatdan – kuchli fukarolik jamiyati sari” prinsipi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini ro‘yobga chiqarishdagi huquqlari hamda vakolatlarini kengaytirish, qonun chiqaruvchi oliy organ, hokimiyat vakillik organlarining Vazirlar Mahkamasi va ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan nazorat qilish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish uchun hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida kiritilmoqda.

    Senatorlar ushbu Qonun qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlarining bo‘linishidan iborat konstitutsiyaviy prinsipni amalga oshirishning muhim omili bo‘lishini alohida qayd etdi.

    Asosiy Qonunga parlament nazorati instituti kiritilmoqda.

    Bosh vazir lavozimiga nomzod parlamentda uning nomzodi ko‘rib chiqilayotgan va tasdiqlanayotgan paytda hukumatning yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etishi haqidagi normaning Konstitutsiyaga kiritilishi demokratik jamiyatning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan parlamentarizm, ko‘ppartiyaviylik tizimi va partiyalararo raqobat, fraksiyalararo kurashni yanada mustahkamlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir eng muhim masalalar yuzasidan hukumatning har yili o‘z ma’ruzalarini parlamentga taqdim etish majburiyati ham nazarda tutilmoqda.

    Senatorlar Konstitutsiyaning 98-moddasida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari va huquqlarini aniqlashtirishni va kengaytirishni nazarda tutadigan normalarning mustahkamlab qo‘yilishi muhimligini ta’kidladi.

    Xususan, Vazirlar Mahkamasining zimmasiga samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy siyosatni, pul-kredit siyosatini amalga oshirish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun mas’uliyat yuklatilmoqda. Vazirlar Mahkamasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, qonunda belgilangan tartibda ularning faoliyati nazorat qilinishini ta’minlaydi.

    Konstitutsiyaning 32-moddasiga kiritilayotgan tuzatishlar ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi g‘oyat muhim vazifalarni hal qilishda fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini ancha kuchaytiradi. Ushbu moddaning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanligini belgilab beradigan normasi bu huquq davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi haqidagi norma bilan to‘ldirilmoqda.

    Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mustaqilligini va ayni vaqtda vakillik organi oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Konstitutsiyaning 103-moddasi viloyat, tuman va shahar hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etish majburiyatini belgilaydigan norma bilan to‘ldirilmoqda. Ushbu hisobotlar bo‘yicha xalq deputatlari Kengashlari tegishli qarorlar qabul qiladi.

    Senatorlar Konstitutsiyaning 117-moddasiga kiritilayotgan tuzatishlar alohida ahamiyatga egaligini ham ko‘rsatib o‘tdilar. Bu tuzatishlar parlament tomonidan tuziladigan mustaqil konstitutsiyaviy organ sifatidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini tashkil etish, uning ishlashi va maqomining konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlab qo‘ydi. Konstitutsiyada Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, odillikdan iborat asosiy prinsiplari mustahkamlanmoqda. Bularning barchasi saylov tizimini yanada demokratlashtirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

    Shundan keyin senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunni ko‘rib chiqdilar va ma’qulladi. Ushbu Qonunga muvofiq amaldagi qonun hujjatlarining normalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlarga muvofiqlashtirildi.

    11.04.2014, 11:19   Izoh (0)   10547
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dam olish kunlari kuchli shamol kutiladi

    11.04.2014, 11:06

    Toshkentda ochilgan tibbiyot sohasidagi ko‘rgazmalarda 20 mamlakatdan 150 kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etdi

    10.04.2014, 17:10

    Buxoroda musiqali favvora, milliy kafe va shiyponchalardan iborat yangi xiyobon quriladi

    10.04.2014, 14:47

    O‘zbekistonda besh million kishi biometrik pasportni qo‘lga kiritdi

    10.04.2014, 14:26

    “Daryo”ning kirill alifbosidagi talqini ishga tushdi

    10.04.2014, 13:39

    2013-yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari hajmi 7 mlrd dollardan oshdi

    10.04.2014, 13:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toni Kroos “Real” rahbariyatiga futbolchi tavsiya qildi

    Sport | 18 may, 15:27

    Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24-mayda o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 18 may, 15:23

    Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li birgina mahsulotdan voz kechib, 14 kiloga ozdi

    Layfstayl | 18 may, 14:55

    Toshkent viloyatida 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 14:15

    Instagram: Ozoda Nursaidova nega ozib ketdi? Sabrina Jabborova “Gelik” rulidagi qizni kechirdi, Maryam Tillayeva Kann kinofestivalida qatnashmoqda

    Shou-biznes | 18 may, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.