O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2014-yilning 14-oktabrida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabariga tayanib Uff.uz ma’lum qildi.
Avvalroq, milliy terma jamoa oktabr oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi. Birinchisi 6-oktabrda Qatar terma jamoasi bilan, ikkinchisi esa 10-oktabrda Bahrayn terma jamoasi bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Ta’kidlash joiz, har uchala o‘yin safarda bo‘lib o‘tadi. Qatarga qarshi o‘yin Dohada tashkil qilinsa, Bahrayn va BAA termalariga qarshi o‘yinlar Dubayda o‘tkaziladi.
Izoh (0)