O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Toch v toch” (“Xuddi o‘zginasi”) shousining oltinchi turida jahon kinoyulduzi Odri Xepbyorn yaratgan Xolli Golaytli kinoobrazi qiyofasida sahnaga chiqdi. Bu haqda “12uz.com” xabar berdi.
Navbatdagi bosqichda Sevara Odri Xepbyornning “Tiffaninikida nonushta” kinofilmidagi Moon river ashulasini ijro etdi.
Hakamlar hay’ati a’zolari: Leonid Yarmolnik, Anna Ardova, Lyubov Kazarnovskaya va Gennadiy Xazanov Sevaraning chiqishini a’lo darajada deb baholadi va maksimal 20 ball qo‘ydi.
Keyinroq betaraf hakam Mauritsio Shveytser Sevaraga 4 ball qo‘ydi va o‘zbek xonandasi 24 ball bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. To‘rtinchi raundda Sevara Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball, beshinchi bosqichda esa 23 ball yig‘gan edi.
Izoh (0)