Xitoyning Tianjin shahrida o‘tkazilayotgan “Devis Kubogi”ning Osiyo va Okeaniya mintaqasida ikkinchi davra uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Sports.uz” xabar berdi.
Mazkur bellashuvda birinchi bo‘lib kortga tushgan o‘zbekistonlik Denis Istomin xitoylik raqibi Chan Szeni 6:4, 4:6, 3:6, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.Farrux Do‘stov va Di Vu o‘rtasidagi bahsda xitoylik tennischi ustunlikka erishdi. Farrux 6:1, 6:7, 6:7, 6:3, 7:9 hisobida yengildi.
UzDaily’ning xabar berishicha, 5-aprel kuni Istomin va Do‘stov juftlik bahslarida Ji Li va Mao Xin duetiga qarshi kortga chiqadi.