Bir vaqtning o‘zida ham “Bunyodkor” futbol klubi, ham futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Mirjalol Qosimov klubdagi faoliyatini to‘xtatadigan bo‘ldi. Bu haqda “Bunyodkor” FK matbuot xizmati vakili Abror Imomxo‘jayev 4-aprel, juma kuni Twitter’da ma’lum qildi, deb yozadi “Kun”.
“Futbolimiz rahbariyatining qaroriga ko‘ra Mirjalol Qosimov endi faqat milliy terma jamoani boshqaradi”, — deb yozadi Imomxo‘jayev.
@A_Imamkhodjaev Терма жамоадан Осиё чимпионлигини кутиб қоламиз. Омад!
— Бегали. (@temuriy1) April 4, 2014
Hozircha ushbu qaror to‘g‘risida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati ham, “Bunyodkor” FK matbuot xizmati ham rasmiy axborot bermagan.
Izoh (0)