O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 383,1 mln dollarga teng bo‘lgan 17 553 dona yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yengil avtomobil importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 527 taga oshgan.
O‘zbekistonga 2024-yilning 2 oyida eng ko‘p yengil avtomobil import qilingan davlatlar:
- Xitoy – 12 808 ta
- Janubiy Koreya – 4 176 ta
- AQSH – 455 ta
- Yaponiya – 29 ta
- Germaniya – 27 ta
Avvalroq O‘zbekistonda 2024-yilning o‘tgan ikki oyida qanday avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda fevral oyida avtomobil bozorida faollikning sezilarli pasayishiga qaramay, yangi yengil avtomobillar segmentida yil davomida sotuvlar 8,4 foizga oshgani aytilgandi.