To‘y, feldmarshal, prezidentlar: Hastimom ko‘rgan tarix va bugungi kun
Toshkentning eski mahallasi Sebzorda asrlar bo‘yi qurilib kelgan tarixiy-me’moriy obidalarning to‘liq majmuasidan iborat Hazrati imom maydoni joylashgan. Olimlar fikricha, bu oldin Shosh deb atalgan shahar markazi bo‘lgan. Tarixiy binolar ansambli islomning Toshkentdagi birinchi imomi va targ‘ibotchisi Kaffol ash-Shoshiy mozori atrofida paydo bo‘la boshladi va maydonga “Hazrati Imom” nomi berildi. Hazrati imom majmuasiga O‘zbekiston musulmonlari Diniy boshqarmasi binosi ham kiradi. Undan sal narida XIX asrda ko‘hna poydevor ustiga qurilgan va bir necha bor qayta ta’mirlangan Juma-Masjid joylashgan. Unda juma namozlaridan tashqari nikoh marosimlari ham o‘tkaziladi. Uning qarshisida o‘ttiz mingdan ortiq diniy va dunyoviy kitoblarga ega Diniy boshqarma kutubxonasi joylashgan. Ularning orasida Diniy boshqarmaga chet el islom mamlakatlari rahbarlari tomonidan hadya etilgan ikki mingta nodir kitoblar, shu jumladan juda chiroyli rasmlar bilan boy tarzda bezatilgan XVI asr boshlari qo‘lyozmalari, xattotlikning noyob namunalari, Qur’onning boy bezatilgan nashrlari bor. Kutubxonaning alohida xonasida musulmonlar ko‘rishi uchun qo‘yilgan Muqaddas kitob - Usmon Qur’oni alohida qimmatga ega. Hazrati imom maydonini yirik, bizning zamonamizda o‘rtaosiyo me’morchiligining eng yaxshi an’analaridan foydalanib qurilgan, moviy gumbazlari yarqirab turgan Jome juma masjidi tugatadi. Masjidga Qorasaroy tarafdan kirishni har biri 56 metrli ikkita minora o‘rab turadi. Kompleks 1000 yillardan ortiq O‘zbekistonda islom madaniyati markazi bo‘lib qolmoqda.
Toshkent. 1913-yil. Muhammad Abu Bakr Qaffol Shoshiy maqbarasi (Hazrati imom). Fotosurat muallifi noma’lum.
Toshkent. 1913-yil. Hazrati Imom masjidining o‘ymakor ustuni (Hastimom). Foto: Yazyakov
Toshkent. 1936-yil. Namozgoh masjidi. Portal va ayvon (Hastimom). Fotosurat muallifi: V. Pilyavskiy.
Toshkent. 1957-yil. Baroqxon madrasasi oldidagi maydon (O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi. Hastimom). Qurbon hayitdagi bayram namozi Fotosurat muallifi noma’lum
Toshkent. 1965-yil. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi kutubxonasida (Hazrati imom). Suratda: kutubxona qo‘riqchisi Nadirxon Allaudin. Fotosurat muallifi: Yuriy Abramochkin.
Toshkent. Hastimom. 1965-yil aprel. Pokiston Islom Respublikasining prezidenti, general-feldmarshal Muhammad Ayub Xon Toshkent masjidlari imomlari bilan uchrashuvda. Fotosurat muallifi: Vasiliy Malishev.
Toshkent. 1970-yillar. “Morgunovka” — SMZ S-3A Hastimomda. Orqa fonda — Tillya-Shayx masjidi darvozasi ko‘rinmoqda. Foto: Viktor Yershov
Toshkent. Hastimom. 1970-yillar. Tilla-Shayx masjidida kuyov-kelin va ularning yaqinlari nikoh vaqtida Kadrdagi shaxs: Ziyovuddin qori Bobohon — O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining muftiyi. Fotosurat muallifi noma’lum
Hastimomdagi to‘y, 1976-yil. Foto: Zoya Xalturina
Toshkent. Eski shahar. 1982-yil. Hastimom mahallasi, Olcha ko‘chasi. Orqa fonda — Baroqxon madrasasi. Muallif noma’lum.
Toshkent. 1986-yil. Baroqxon madrasasi (Hastimom). Muallif noma’lum.
Hastimomdagi Tilla-Shayx masjidining noyob fotosurati Toshkent. 1890–1910-yillar.
Toshkent. 1980–1982-yillar. Hastimom majmuasi. Juma namozidan keyin Tilla-Shayx masjidi kirish qismida
Toshkent. Eski shahar. 1980-yil. Tilla-Shayx masjidi darvozasi (Hastimom). Fotosurat muallifi: Rustam Shagayev.
Navbatdagi to‘y, 1989-yil Foto: Ahmad Rashid
Tonggi poytaxt. Hastimom. Baroqxon madrasasi. 1990-yil. Fotosurat muallifi: Ernst Klyuge.
Baroqxon madrasasi 1990-yil Foto: Ernst Klyuge
Toshkent. Eski shahar. 1996-yil. Hastimomdagi G‘afur G‘ulom kinoteatri yaqinida joylashgan 23-maktab o‘quvchilari — o‘g‘il va qiz bolalar. Foto: Iio Akitoshi
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Hastimomda. 2023-yil, 1-mart Foto: Daryo / Madina Nurman
Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Hazrati Imom majmuasida 2024-yil, 18-may Foto: O‘zA