foto: “daryo” / madina nurman

Foto:Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Duatlon bo‘yicha havaskorlar, sportchilar (tanlovdan tashqari) yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Musobaqa quyidagi toifalar bo‘yicha tashkil etildi:
— 7-9 yoshli bolalar
Birinchi bosqich, velosiped – 3 km (Yangi O‘zbekiston bog‘i ichida bir aylana)
Ikkinchi bosqich, yugurish - 400 m (Humo qushi stellasi atrofida bir doira)
— 10-12 yoshli bolalar
Birinchi bosqich, velosiped – 6 km (Yangi O‘zbekiston bog‘i ichida ikki davra)
Ikkinchi bosqich, yugurish - 800 m (Humo qushi stellasi atrofida ikki aylanish)
— 13-15 yoshli bolalar
Birinchi bosqich, velosiped – 9 km (Yangi O‘zbekiston bog‘i ichida uch davra)
Ikkinchi bosqich, yugurish - 1200 m (Humo qushi stellasi atrofida uch aylanish)
— “Sprint” havaskorlar masofasi duatloni
Birinchi bosqich, yugurish – 5 km (Yangi O‘zbekiston istirohat bog‘i ichida bir yarim aylanish)
Ikkinchi bosqich, velosiped - 20 km (velosiped bosqichi marshruti bo‘ylab ikki aylanish)
Uchinchi bosqich, yugurish – 3 km (Yangi O‘zbekiston bog‘i ichida bir aylanish).
Musobaqa suzish, velosport hamda yugurishni rivojlantirish va ommalashtirish, sport rivojlanishi geografiyasini kengaytirish, sportchilarning mahoratini oshirish, faol turmush tarzini ommalashtirish, bolalarni suzish, velosipedda yurish va yugurish bilan tanishtirish kabi qator maqsadlarni ko‘zlagan edi.
G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati va natijalar bilan quyidagi havolada tanishish mumkin: https://www.athlinks.com/event/386114/results/Event/1078165/Results
“Daryo” fotomuxbiri ushbu sport tadbirining e’tiborga molik lahzalarini kadrlarga muhrladi.
Made on
Tilda