foto: daryo / madina nurman

Foto: O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 32 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram

Shanba kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va ularning oila a’zolari uchun bayram tashkil etildi. Tadbir avvalida mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov yig‘ilganlarga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bayram munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan keyin konsert boshlandi, harbiy orkestrlar, xonandalar o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
“Daryo” fotomuxbiri Madina Nurman mazkur bayram tadbiridan fotoreportaj tayyorladi.
Made on
Tilda