foto: daryo / madina nurman

Foto: Zomindagi yangi ko‘prik

Zominda uzunligi 305, balandligi esa 150 metr bo‘lgan Markaziy Osiyodagi yagona ko‘prik foydalanishga topshirildi.
O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-turda tog‘dagi ulkan ko‘prik, sal kam 2,5 kilometrlik dor yo‘li va uch yulduzli mehmonxonalar imkoniyati haqida ma’lumotlar berildi.
Aytish kerakki, “Zomin” ko‘prigiga chiqib qaytish chiptasi 50 ming so‘m.
- 55 yoshdan oshgan nafaqaxo‘rlar va 3 yoshdan 10 yoshgacha bolalarga tekin
- Ko‘prik 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi
- Restoran 09:00 dan 23:00 gacha ishlaydi
“Daryo” ushbu ko‘prikdan fotolavhalar tayyorladi.
Made on
Tilda