Foto: daryo / Madina nurman

Foto: Butunjahon boks kengashining 61-konvensiyasi ochilish marosimi

Butunjahon boks kengashining (WBC) 61-konvensiyasi Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
13-noyabr, dushanba kuni konvensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Evander Holifild, Xulio Sezar Chaves, Kostya Szyu, Oleksandr Usik, Amir Xon kabi jahon boks afsonalari ishtirok etdi. Undan tashqari, dunyoga mashhur promouterlik kompaniyalari rahbarlari, taniqli promouterlar ham konvensiyada ishtirok etdi.
WBC 61-konvensiyasi kun tartibidan ta’lim, doping, hakamlik, xalqaro munosabatlar, boks qoidalari, reytinglar, chempionlik kamarlari, xayriya va jamoat tashabbuslari kabi bir nechta masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazilishi o‘rin olgan.
17-noyabr kuni “Humo Arena”da katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu boks oqshomi O‘zbekistonning LIFT promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilyapti. Oqshomning markaziy janggi superog‘ir vaznda o‘tkazilib, unda Bahodir Jalolov JAR vakili Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, ushbu turnirda Abdumalik Halokov, Mirazizbek Murzaxalilov, Mujibillo Tursunov, Qudratillo Abduqahhorov singari taniqli charm qo‘lqop ustalari ham ringga chiqadi.
Made on
Tilda