foto: “daryo” / madina nurman

Oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning ilk kuni

Samarqand shahrida 7-sentabr kuni Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi. Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi. BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti — FAO direktori Chu Dungyu ham konferensiyada nutq so‘zladi.
Konferensiyada 8 ta global mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan tashabbuslar ilgari surilmoqda. Uning doirasida ilk kuni ocharchilikka, oziq-ovqat xavfsizligi yo‘qligi va to‘yib ovqatlanmaslikka qarshi kurashishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliq xo‘jaligi mahsuldorligi va barqarorligini oshirish, qishloq joylarda qashshoqlik darajasini qisqartirish, agrooziq-ovqat tizimlarining inklyuzivligi va samaradorligini taʼminlash hamda krizislar va tahdidlarga qaramasdan yashab qolish uchun vositalarni kuchaytirish kabi FAO strategiyasiga amal qilgan holda munozaralar bo‘lib o‘tdi.
30 dan ortiq davlatlardan vazirlar, diplomatlar, qishloq xo‘jaligi sohasining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari ishtirok etayotgan konferensiyaning yalpi majlisidan so‘ng seksiyalarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi. Kun yakunida sessiyalarda muhokama qilingan masalalar bo`yicha Samarqand deklarasiyasi qabul qilindi. Tadbirlar ertaga - 8-sentabr kuni ham davom etadi.
“Daryo” fotomuxbiri ushbu tadbirning ilk kunidan fotogalereya taqdim etadi.
Made on
Tilda