foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: Maktablarga kelayotgan prezident sovgʻasi

O‘zbekiston bo‘yicha 2023/2024 o‘quv yilida 730 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Vazirlik huzuridagi “Taʼminot va logistika xizmati” davlat unitar korxonasi tomonidan 2023- yilning 25-avgustigacha adm.maktab.uz elektron bazasiga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat prezident sovg‘asi tuman bo‘limlari orqali umumtaʼlim maktablariga yetkazib kelinmoqda.
Aytish kerak, bu yil bolalarga beriladigan prezident sovg‘asi sifatiga alohida eʼtibor qaratilgani mutaxassislar tomonidan alohida ta’kidlanmoqda. Sumkalar dizayniga e’tibor qaratilsa, sokin neytral ranglarni ko‘rish mumkin, sumka uchun alohida yangi dizayn ishlab chiqilgan.
O‘quv qurollari quyidagi mezonlar asosida tanlangan:
· Sifat
· Dizayn
· Mahsulotning texnik tafsiloti
· Davlat standartlariga mosligi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatigi xizmati tomonidan berilgan tegishli xulosaning mavjudligi.

Prezident sovg‘asi tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:
· O‘quvchi sumkasi
· 12 dona daftar
· Rasm daftari
· Akvarel bo‘yoqlari
· Rangli qog‘oz
· Qalamdon
· Sharikli ruchka
· Rangli qalam
· 2 dona oddiy qalam
· Plastilin
· Yelim
· 2 dona o‘chirg‘ich
2023-2024 yilgi o‘quv yiliga 732 960 nafar bolalar 1-sinfga qabul qilinishi kutilmoqda. Davlatimiz tomonidan shunga mos ravishda prezident sovg‘asi tayyorlangan. 14-avgust holatiga ko‘ra hududlarimizga 80 foiz yetib bordi, tuman hamda maktablarga tarqatish jarayoni davom etmoqda.

Har yili 12 turdagi o‘quv anjomlarini o‘z ichiga olgan prezident sovg‘asi 1-sinf o‘quvchilariga beriladi. Belgilanganidek, bu yil 4-sentabr, yangi o‘quv yilining ilk kunida bolajonlarimiz ushbu sovg‘alarni qabul qilib olishadi.

Yangi o‘quv yiliga hozirlangan o‘quv anjomlarining sifati, uzoq yillik foydalanilishi, qulay ekanligiga katta e’tibor berildi. Yana bir jihati, o‘tgan yillarda hududlar yoki chekka tumanlarga ba’zan kechikib borish holatlari kuzatilar edi, hozir bunday muammo yo‘q, rejaga muvofiq 25-avgustgacha maktablarni ta’minlab bo‘lamiz.

Yana bir ma’lumotga aniqlik kiritib ketishim zarur. Ko‘pchilik xususiy maktablarning 1-sinf o‘quvchilariga ham prezident sovg‘asi beriladimi, deb so‘raydi. Ha, albatta. Boshqa vazirlik yoki idoralar tasarrufidagi, xususiy maktablarga ham tarqatiladi, buning uchun kerakli zaxira hozirlangan.

Respublikda mavjud 100 ga yaqin imkoniyati cheklangan bolajonlar maktablari, uyida ta’lim olayotgan yoshlarimizga ham prezident sovg‘asi beriladi. E’tiborli tomoni, uyida bilib olayotganlar qaysi sinf bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu sovg‘ani qabul qilib olishadi.

Nodir Hayitov
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassisi
Biz ushbu o‘quv yiliga 210 nafar bolani (jami o‘quvchilar soni: 2066 nafar) 1-sinfga qabul qilishni rejalashtiryapmiz, shunga mos ravishda prezident sovg‘asini qabul qilib olib sinfxonalarga qo‘yib chiqdik. 4-sentabr kuni bolajonlarimiz kelishlari bilanoq sovg‘alarni qabul qilib olishadi.
Yangi o‘quv yilida asosiy yangiliklar sifatida milliy va eko burchaklarimiz tashkil etilganini ko‘rsatishimiz mumkin.

Mazluma Abdullayeva
Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 220-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

Made on
Tilda