foto: “Daryo” / Madina nurman

Foto: Rishtondagi yangi kulolchilik va turizm markazi go‘zalliklari

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27—28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida viloyatdagi yangi majmualarni ishga tushirish marosimida qatnashgan edi. Ushbu majmualardan biri Rishton tumanida tadbirkor Islomjon Orifjonov tomonidan qurilgan “Chinor plyus 2020” turistik majmuasi hamda kulolchilik markazi hisoblanadi.

55 milliard so‘mlik loyihaning jami hududi 1,5 gektar bo‘lib, yiliga 504 ming dona kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega. 200 ming ishchi o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

“Daryo” fotomuxbiri ushbu markaz hunarmandlari tomonidan yaratilgan bir-biridan bejirim mahsulotlarni kadrlarga muhrladi.
Markazning yillik quvvati raqamlarda:
- 504 ming dona kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish;
- 50 o‘rinli mehmonxonada 9 mingdan ortiq sayyohlarga xizmat ko‘rsatish;
- 150 o‘rinli restoranda 30 mingga yaqin mijozlarga xizmat ko‘rsatish.
Yiliga 14 mlrd so‘m daromad olish rejalashtirilgan.
Made on
Tilda