Bugun,

  • USD12927.17
  • RUB155.73
  • EUR14717.58

Tush qo‘yish uchun mo‘ljallangan cho‘tka nafaqat kipriklarni uzaytirish, balki go‘zallik va tartib uchun ham ayni muddao, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Tugab qolgan tushni tashlab yuborishga shoshilmaslik zarur. Uning cho‘tkasi, albatta, ko‘p vaziyatlarda kerak bo‘ladi. Cho‘tkani yaxshilab yuvib, unga lak sepish orqali peshonadagi mayda bo‘ysunmas sochlarni tartibga keltirish mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Cho‘tkani tenga biroz botirib, qoshlarni tarash orqali ularga tabiiy ko‘rinish berish mumkin. Qolaversa, taralgan qoshlar tashqi ko‘rinishni yanada go‘zallashtiradi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Toza cho‘tkaga balzam surtilib, yengil massaj orqali labda harakatlantiriladi. Natijada labdagi qurigan teri asta ko‘chib chiqadi. So‘ngra ularni salfetka yordamida artib tashlash lozim.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Toza cho‘tka yordamida kiprikdagi bo‘yoq qoldiqlarini xavfsiz tarzda tozalab olish mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Uxlashdan oldin kipriklarni oziqlantirish uchun toza cho‘tka yordamida kanakunjut yog‘ini surtish tavsiya etiladi. Natija bir haftada namoyon bo‘ladi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Tirnoq parvarishida ham ushbu cho‘tka yordamga keladi. Moylangan teridan ko‘chib chiqadigan qoldiqlarni cho‘tka yordamida osongina olib tashlash mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Tozalash qiyin bo‘lgan joylardagi kirlarni ushbu cho‘tka yordamida bartaraf etish juda oson. Ammo keyin undan faqatgina tozalash ishlarida foydalanish tavsiya etiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Rakovina yoki vanna tuynugida to‘planib qoladigan soch tolalarini tozalashda ham ushbu cho‘tka qo‘l keladi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Sifatli hamda qimmatbaho tush cho‘tkalari ham shunga yarasha qulay bo‘ladi. Shuning uchun ularni tashlab yubormasdan, yaxshilab yuvib, boshqa tush bilan birgalikda foydalanish mumkin. Chunki tush qanday bo‘lmasin, uning kiprikka chiroyli surtilishi, albatta, cho‘tkaga bog‘liq.

Izoh