Bugun,

  • USD12910.15
  • RUB159.78
  • EUR14660.77

Agar dazmol to‘satdan ishlamay qolsa yoki u-bu narsani zudlik bilan dazmollash kerak bo‘lsa, yangisini olish uchun darrov do‘konga yugurmaysiz, albatta. Kiyimlarni tekislashning ko‘plab usullari mavjud.

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Issiq suv solingan idish

Tutqichli qozonni (masalan, kostryulka)da suv qaynating. Keyin astalik bilan suv to‘kilib ketmasligi uchun kiyimni kostryulka bilan tekislang. Asosiysi, idishning tagi toza bo‘lsin, aks holda matoda iz qoladi.

Ho‘l sochiq

Yana bir samarali usul — ho‘l sochiq. Kiyimni tekislab ustiga namlangan sochiqni qo‘ying. Bir soatdan keyin kiyimlar ancha tekislanadi.

Soch dazmoli

Soch dazmoli nafaqat sochlarni jingalak qiladi, balki kiyimlarni tekislashi ham mumkin. Dazmolni qizdiring, matoni plitalari orasiga qo‘yib, bir joyda to‘xtamasdan yurgizing.

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Dush

Dush bug‘lash prinsipi asosida ishlaydi. Kiyimni hammomga osib qo‘ying va issiq suvni yoqing. Bug‘ bir necha daqiqada kiyimingizni silliqlaydi, ammo biroz nam bo‘ladi.

Suv va sirka

Agar to‘qqiz foiz sirkani konditsioner va suv bilan teng nisbatda aralashtirsangiz, dazmolsiz kiyim tekislaydigan ajoyib vositaga ega bo‘lasiz. Uni purkagichli idishga quying va kiyimingizga seping.

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Ho‘l kaft

Ba’zida ho‘l qo‘lning o‘zi ham yetarli bo‘ladi. Qo‘llarni ho‘llab, kiyim ustidan yurgizing. Mayda g‘ijimlar uchun bu usul ishlashi mumkin.

Izoh