Bugun,

  • USD12927.17
  • RUB155.73
  • EUR14717.58

Keyt Middltonga bir boqishning o‘zida uning to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilishini bilish mumkin. Harper’s Bazaar nashri mukammal tashqi ko‘rinishga ega Keytning qomati siri nimada ekaniga to‘xtaldi.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Middlton xonim taomnomasiga nazat tashlansa, u asosan tabiiy mahsulotlar, sabzavotlarni abzal ko‘rishini bilish mumkin.U nonushtaga smuzi yeyishni yoqtiradi. Gersoginya, keyl karami, spirulina, matcha — yapon choyi, ismaloq, kinza va qorag‘atni qo‘shib iste’mol qilishni hamda suli yormasidan tayyorlangan an’anaviy bo‘tqani ma’qul biladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Foto: Harper’s Bazaar

Vegaterian bo‘lmasa-da, tushlikka go‘shtsiz, sabzavotli kabob, yasmiqli karri kabi taomlar, shuningdek “sushi” iste’mol qilishni xush ko‘radi. Kechki ovqatga, asosan, karri, pasta va issiq taom, qovurilgan tovuq tanovvul qiladi. Shuningdek, Keyt, shahzoda Uilyamdan farqli o‘laroq, achchiq taomlarni yaxshi ko‘radi.

Ketrin o‘z qo‘li bilan taom tayyorlashni yaxshi ko‘rgani bilan, uning taomnomasida zararli mahsulotlarga o‘rin yo‘q. Ba’zi-ba’zi​da Middlton, farzandlari bilan birgalikda pishloqli pasta tayyorlaydi.

Izoh