Bugun,

  • USD12694.97
  • RUB161.6
  • EUR14878.5

Jahon banki O‘zbekistonga chorvachilik sohasini rivojlantirish uchun 240 million dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, 14—15-mart kunlari ikki tomon o‘rtasida “O‘zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish” ikkinchi bosqich loyihasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Unga ko‘ra, muddati 2023—2028-yillarga mo‘ljallangan loyiha doirasida mamlakat chorvachilik tarmog‘iga imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Xususan, loyihani amalga oshirish doirasida:

  • chorvachilik fermer va dehqon xo‘jaliklarini hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash;
  • chorvachilikda barqaror ishlab chiqarish salohiyatini oshirish;
  • sohada zamonaviy texnologik ish usullarini joriy etish;
  • yangi ish o‘rinlari tashkil etish orqali qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash;
  • chorvachilik sektori daromadlarini oshirish ko‘zda tutilgan.

“Yuqoridagi loyihani amalga oshirish mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli, xavfsiz va hamyonbop chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha may oyida Jahon banki direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

O‘zbekistonda qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

O‘zbekistonda qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda pensiya miqdorini oldindan aniqlash bo‘yicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi

O‘zbekistonda pensiya miqdorini oldindan aniqlash bo‘yicha “Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Amerikada ming yillar davomida mavjud bo‘lgan xavfli kasallikning genetik izlari topildi

Amerikada ming yillar davomida mavjud bo‘lgan xavfli kasallikning genetik izlari topildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »