Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on va Bulung‘ur tumanlarida valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on shahrida valyuta ayirboshlash bilan shug‘allanib kelgan Z.P. fuqaro D.B.ga jami 3 500 dollarni 44,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Tezkor tadbir davomida uning yonidan 715 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Bulung‘ur tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘llanib kelgan S.M. fuqaro M.A.ga jami 3 500 dollarni 44,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Uning yonidan 1 755 dollar va 7,9 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)