Foto: Daryo / Madina Nurman

Foto: “Raqamli avlod qizlari-2024” tanlovi yopilish va taqdirlash marosimi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi o‘tkazildi. Tadbir 29-martgacha davom etdi, unda oflayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olindi. Bu yilgi tadbirda:
  • Digital Art,
  • 3D Modelling,
  • Sunʼiy intellekt,
  • Startap loyihalar,
  • Grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda gibrid darslar tashkil etildi.
Shuningdek, bu yil ilk bora loyiha doirasida “Liderlar maktabi” yo‘nalishi qo‘shilgan bo‘lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish imkoni bor edi.
29-mart kuni “Yangi O‘zbekiston” universitetida tadbirning yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda eng faol ishtirokchilar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlovning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishdi.
Made on
Tilda