foto: daryo / madina nurman

Foto: “Men g‘olib” an’anaviy qishki yugurish musobaqasi

Toshkentda “Men g‘olib” an’anaviy qishki yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa ikki muhim davlat sanalari – Vatan himoyachilari kuni va mamlakatning Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32-yilligini nishonlash kunida Humo Arena start-finish maydonchasida tashkil etildi.
Qurolli kuchlar vakillari, kuch ishlatish tuzilmalari xodimlari, professional sportchilar va havaskor yugurish klublarining ishtirokchilari 3 va 10 kilometr, hamda 1 kilometr masofada Family Run (oilaviy ommaviy yugurish musobaqasi) bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Start oldidan Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov hamda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi Viktor Mahmudov so‘z olib ishtirokchilarga omad tilashdi. Shundan so‘ng Ikromov 3 km, Mahmudov 10 km masofada yugurish uchun ishtirokchilar safiga qo‘shilishdi.
Hayajonga boy musobaqa yakunida Mudofaa vazirligi jamoasi 3 va 10 kilometr masofada erkaklar va ayollar oʻrtasidagi yakkalik va jamoaviy bahslarda yuqori natija qayd etib, umumjamoa hisobida mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, marafonning mutlaq gʻolibi sifatida kubok sohibiga aylandi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:
3 kilometr:
Erkaklar:
1-o‘rin, Nodirbek Mutalipov - 8:43
2-o‘rin, Otabek Toshquvvatov - 8:46
3-o‘rin, Hasan Mirsoatov - 8:47
Ayollar:
1-o‘rin, Maryam Tojiboyeva - 11:03
2-o‘rin, Viktoriya Morozova - 11:25
3-o‘rin, Oydina Ikromova - 11:30
10 kilometr:
Erkaklar:
1-o‘rin, Bekzod Boymatov - 32:31
2-o‘rin, Shahram Abdurahmonov - 33:12
3-o‘rin, Muhriddin Mirzaliyev - 33:27
Ayollar:
1-o‘rin, Аbdullayeva - 47:03
2-o‘rin - Laziza Temirova - 47:03
3-o‘rin, Diana Vyazikova - 47:04
Made on
Tilda