Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligiga bag‘ishlab “Yangi nafas – ekiden” estafetali yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda huquqni muhofaza qilish organlari va o‘quv yurtlari vakillari, oliy ta’lim muassasalari, tashkilotlar va yugurish ixlosmandlaridan iborat erkaklar va ayollar jamoalari qatnashishdi.
Medallar aynan shu toifalar bo‘yicha, shuningdek, mutlaq g‘oliblik va aralash estafeta yo‘nalishlarida taqsimlandi. Musobaqada tarkibida 7 nafar ishtirokchidan iborat jami 100 ga yaqin jamoa startga chiqdi. Har bir bosqichning masofasi 3,18 km, jami masofa 22,26 kmni tashkil etdi.
Erkaklar jamoalari o‘rtasida eng yaxshi natija:
1. Mudofaa vazirligi — 1:09:59
2. “Vatanparvar” jamoasi — 1:11:03
3. “Matonat” jamoasi — 1:12:54
Ayollar jamoalari o‘rtasida eng yaxshi natija:
1. “Radikteam” — 1:27:25
2. Mudofaa vazirligi — 1:33:00
3. “Qutqaruchilar” — 1:40:54
Aralash estafetada har bir jamoada eng kamida 2 nafar ayol, 5 kishidan ortiq bo‘lmagan erkak bo‘lishi kerak edi. Quyida ushbu jamoalarning eng yaxshi natijalari:
1. “Z_Runteam” — 1:14:28
2. Milliy gvardiya jamoasi — 1:20:44
3. “Die Hard Running Tashkent” — 1:22:32
Musobaqani o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, “Asaka bank” ATB, BYD Uzbekistan Factory, Milliy gvardiya, “O‘zbekneftgaz” AJ va Yengil atletika federatsiya tashabbus ko‘rsatishdi.