Foto: Daryo / Madina Nurman

Foto: “Zakovat” intellektual olimpiadasining yopilish marosimi

20-dekabr kuni Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual olimpiadasining respublika bosqichi yakunlanib, g‘oliblar o‘z mukofotlarini qo‘lga kiritdi.
Olimpiadada 135 ta OTMlari ishtirok etib, shulardan eng kuchli 50 ta OTM jamoalari (550 nafar talaba) 4 kun (17-20-dekabr) davomida musobaqaning respublika bosqichida 6 ta yoʻnalishda - “Zakovat”, “Breyn-ring”, “Erudit-kvartet”, “Shaxsiy oʻyin”, shaxmat va shashka oʻyinlari boʻyicha bellashuv olib bordi va “Breyn-ring”dan tashqari barcha yoʻnalishlarda gʻoliblar nomiga oydinlik kiritilgan edi.
Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimi doirasida “Breyn-ring” oʻyini finali oʻtkazildi, unda Namangan davlat universiteti iroda ko‘rsatib Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini mag‘lub etdi va umumjamoa hisobida 3-o‘rinni raqibidan tortib oldi.
Bundan tashqari barcha yoʻnalishlarda gʻalaba qozongan talabalar taqdirlandi, shuningdek umumjamoa hisobida 1-, 2- va 3-oʻrinlarni egallagan OTMlarga Prezident sovgʻasini Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva topshirdi.
Intellektual olimpiadaning umumjamoa hisobidagi g‘oliblari:
1-o‘rin: University of science and technology ( 2 mlrd so‘m)
2-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti (1,5 mlrd so‘m)
3-o‘rin: Namangan davlat universiteti (1 mlrd so‘m).

Made on
Tilda