Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida o‘tkazilgan balet kechasi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida balet kechasi bo‘lib o‘tdi. Sahnada balet san’atining turli davrlardagi uslublari namoyish etildi. Tomoshabinlar klassik xoreografiya va zamonaviy spektakl namunalarini tomosha qilishdi.
Konsert dasturi “Qarsildoq”, “Korsar”, “Jizel”, “Don Kixot”, “Humo”, “Shahrizoda” kabi spektakllaridan iborat xoreografik chiqishlar va balet sahnalari qorishmasi shaklida taqdim etildi.
“Balet oqshomi”ni katta teatrning bosh xoreografi, Rossiya xalq artisti Andris Liepa boshqarib bordi.
Made on
Tilda