Foto: “Daryo” / Madina Numan

Foto: “Humo” xokkey klubi Qozog‘istonning “Sariarka”sini mag‘lub etdi

Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston Ochiq chempionatining 3-turidan Toshkentning “Humo” klubi Qozog‘istonning “Sariarka” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv “Humo” jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Toshkent klubi safida Vasiliy Jilov va Anton Glovatskiylar (2 ta) gol urdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Humo” ochkolarini 6 taga yetkazib, musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.
Endilikda “qanotlilar” 14-sentabr kuni “Sariarka”ga qarshi ikkinchi o‘yinni o‘tkazadi. Uchrashuv 19:30 da start oladi.
“Daryo” ushbu o‘yindan fotogalereyani taqdim etadi.
Made on
Tilda