Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: Maktabda chalingan birinchi qo‘ng‘iroq

4-sentabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 10 160 ta maktabda 2023-2024-o‘quv yilining ilk dars soatlari boshlandi. Joriy o‘quv yilida 700 000 nafardan oshiq bolajonlar umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.
Umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 6,5 mlndan ortiq o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, vazirlik mas’ullari, mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
“Daryo” fotomuxbiri Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 64-umumiy o‘rta-ta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etgan birinchi qo‘ng‘iroq tadbirini kadrlarga muhrladi.
Made on
Tilda