Musobaqa yakuniga ko‘ra, futbol bo‘yicha:
“Eng yaxshi o‘yinchi” Saidazim Fayzullayev / Jizzax
“Eng yaxshi to‘purar” Shuhrat Yoqubov / Xorazm
“Eng yaxshi darvozabon” Shahboz Xo‘jamov / Qashqadaryo
Shuningdek, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi mini-futbol bo‘yicha 1-o‘rinni “Qamashi” (Qashqadaryo) egalladi. 2-o‘rin esa “Yangi hayot” (Toshkent viloyati) jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, Farg‘onaning “Bahrin” jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi mini-futbol bo‘yicha:
“Eng yaxshi o‘yinchi” Ma’ruf Turniyozov / Qashqadaryo
“Eng yaxshi to‘purar” Akbar Alisherov / Toshkent
“Eng yaxshi darvozabon” Shuhrat Ishonqulov / Farg‘ona
Joriy yildan boshlab, qiz bolalar o‘rtasida mini-futbol musobaqalari ham o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Samarqand viloyatining “Nafis” jamoasi birinchi o‘rinni zabt etdi. Xorazm viloyatining “To‘maris” jamoasi 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, “Gurkirov lochinlari” (Andijon) 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, qizlar o‘rtasidagi mini-futbol bo‘yicha:
“Eng yaxshi o‘yinchi” Nafisa Nishonova / Samarqand
“Eng yaxshi to‘purar” Zuhraxon Ma’murjonova / Andijon
“Eng yaxshi darvozabon” Ruxshona O‘ktamova / Buxoro
Respublika bosqichida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.
Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bundan tashqari barcha g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga diplom, medal, velosiped va televizorlar topshirildi.