Toshkentning Olmazor tumanidagi 278-maktabning 11-sinf bitiruvchisi Razzoqova Mushtariy o‘zining o‘qishda erishgan yutuqlari va a’lo bilmlari uchun oltin medal sohibi bo‘ldi.
Olmazor tuman hokimligi matbuot xizmatining bildirishicha, u 2020-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Milliy universitetining taekvondo fakultetiga talabalik safiga imtihonlarsiz qabul qilingan.
20-iyun kuni Toshkent shahar hokimiyatida o‘tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan Mushtariyga Spark rusumli avtomobil sovg‘a qilindi.
Izoh (0)