• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Qullikning eng dahshatli tomoni shundaki, u his-tuyg‘ularni o‘ldiradi”. Garriet Bicher-Stouning “Tom amakining kulbasi” romani haqida

    “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Garriet Bicher-Stouning “Tom amakining kulbasi” romani haqida hikoya qiladi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Fleshbek

    Negadir bu asar haqida juda kech xabar topganman, xalqaro munosabatlar yo‘nalishida o‘qiganim sababli АQShdagi fuqarolar urushiga atalgan katta mavzu bo‘yicha izlanishlar olib borayotganimda, mavzu bo‘yicha o‘qilgan ko‘p hujjatli kitoblarning ichida aynan shu badiiy asar nomini uchrata boshladim. Uni o‘qishim kerak bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritib qo‘ydim va vaqt topib mutolaaga kirishdim. Аsar o‘sha davr atmosferasi, shimol va janub aloqalaridan tashqari juda katta insoniy munosabatlar bo‘yicha ham saboq bergan edi.

    Аsar haqida

    “Tom amakining kulbasi” — amerikalik yozuvchi Garriet Bicher-Stouning 1852-yilda qullikka qarshi ruhda yozilgan romani. Roman o‘z davrida juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi, hatto ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u tufayli qullik asosida yuzaga kelgan mahalliy mojarolardan biri shu qadar kuchaygan ediki, oqibatda Аmerikada fuqarolik urushi boshlanib ketdi.

    Syujet

    Qora tanli Tom Kentukki shtatidan bo‘lgan janob Shelbining quli edi. Shelbi birjada yutqazib qo‘yganidan so‘ng Tom va Garri ismli bolani qul savdosi bilan shug‘ullanuvchi Geyliga berib yuborishga rozi bo‘ladi. Shelbi va Geyli o‘rtasidagi suhbatni eshitib qolgan Garrining onasi Eliza o‘g‘lini olib, bu yerlardan qochadi. U Ogayo daryosini muzlar ustidan kesib o‘tishga muvaffaq bo‘ladi, boshqa tarafdagi fermerlar ularni Kanadaga olib ketuvchi insonning oldiga olib borishadi.

    Elizaning eri, boshqa bir xo‘jayinning qo‘lida ishlovchi va uning zulmlaridan to‘yib ketgan mulat Jorj Garris ham umidsizlikka tushib, xo‘jayinining uyidan qochib ketadi. U ispaniyalik jentelmen niqobi ostida daydib yuradi. Jorj va Eliza uchrashadi. Qochib ketgan qullar oilasining ortidan qul ovchilari izma-iz kelmoqda, oldinda esa ularni juda katta sinovlar kutmoqda. Tom juda dindor, vijdonli va mehnatkash odam edi. Elizaning ogohlantirishiga qaramay u Xudoning irodasiga bo‘ysunishga va xo‘jayinidan voz kechmaslikka qaror qiladi. Uning taqdiriga bitilgan azob-uqubatlar ham cheksiz edi...

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Tahlil

    Yozuvchi Garriet Bicher-Stou hamisha qullikka qarshi qat’iy fikrga ega edi va bolaligidan odam terisining rangi qora bo‘lgani uchungina qullikka hukm qilishni mantiqsizligini tushundi.

    Roman janob Shelbining plantatsiyada ishlagan, keyinchalik xo‘jayinining ishlari yurishmay qolishi ortidan sotib yuborilishi kerak bo‘lgan bir guruh qullarning boshidan kechirgan azob-uqubatlari haqida hikoya qiladigan dahshatli, obyektiv va juda kuchli ma’noga ega bo‘lgan hikoyadir. Аsar boshida plantatsiyadagi qullar tomonidan ma’naviy yo‘lboshchi sifatida ko‘riluvchi va hamma Tom amaki deb ataydigan baland bo‘yli va baquvvat odam paydo bo‘ladi. Аsar davomida biz u orqali quldorlik deb atalmish insoniyatning jirkanch o‘tmishining asl yuzini ko‘ramiz.

    “Tom amakining kulbasi” asarining o‘ziga xos mavzusi — quldorlikning yovuz va axloqsizligidir. Yozuvchi asarda boshqa mavzularni, masalan, onalik tuyg‘usining naqadar qudratli ekani va nasroniylikdagi tavba qilish imkoniyatlari haqida ham to‘xtalsa-da, ammo umumiy kontekstda yuqoridagi mavzular va qullik dahshatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ko‘rsatib beradi.

    Romanning deyarli har bir sahifasida muallif o‘zining quldorlikning jirkanchliklariga qarshi kurashini namoyon qilib, qullikning vayronkor tabiati to‘g‘risida hikoya qiladi. Masalan, Tom amakining oq tanli ayol bilan kemadagi suhbatini olsak: “Mening fikrimcha, qullikning eng dahshatli tomoni shundaki, u his-tuyg‘ularni o‘ldiradi va oilalarni ajratadi”. O‘z davri uchun qullikning yomon taraflarini ko‘rsatib bergan Bicher-Stouning usullaridan biri, shubhasiz, “maxsus institut” oilalarni qanday qilib ajratib yuborishini aniq tasvirlaganidadir.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Shuningdek, Bicher-Stou aynan onalikni butun Аmerika hayotining axloqiy va tarkibiy modeli sifatida ko‘rgan va АQShni qullikdan ozod qilish uchun faqatgina ayollar axloqiy vakolatlarga ega ekaniga ishongan. Shu sababli, kitobning yana bir muhim mavzusi ayollarning ruhiy kuchi va muqaddasligidir.

    O‘g‘lini qutqarish uchun o‘limni bo‘yniga olib qullikdan qochgan Eliza yoki “mukammal nasroniy” deb hisoblanadigan kichkina Yeva singari personajlar orqali Bicher-Stou ayollar o‘z yaqinlarini hatto eng katta adolatsizliklardan ham qutqarishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Hozirgi zamon o‘quvchisiga Stouning ayol personajlari konservativ stereotiplar mahsuli bo‘lib ko‘rinsa-da, ammo bu personajlar o‘sha davrda jamiyatga ayollar ta’sirining ahamiyatini tasdiqlab berdi va keyingi o‘n yilliklarda ayollar huquqlarining keng muhokamalariga yo‘l ochdi.

    Yozuvchining puritan diniy e’tiqod egasi bo‘lganini hisobga olsak, nasroniylik dini qullik bilan mutlaqo nomuvofiq ekanini muallif asar ichida namoyish qilayotganini kuzatamiz. Аsarda diniy mavzu juda muhim rol o‘ynagani sababli romanning ayrim qismlari va’z tarzida keladi. Zulm ko‘rgan Tom boshqalarni kechirishda o‘rnak bo‘ladigan xristian axloqining “mo‘jizasi” sifatida tasvirlanadi.

    Аsar qullikni qattiq qoralaydi va u Аmerika adabiyotida o‘z janridagi eng yaxshi romanlardan biri hisoblanadi. Qullarning kundalik hayotlaridagi lavhalar o‘quvchida chuqur hissiyotlarni uyg‘otadi. Kitob Аmerika shimolida qullikka qarshi jangari kayfiyatlarining kristallanishiga hissa qo‘shgan va shu bilan fuqarolar urushi boshlanishini tezlashtirib yuborgan edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Xulosa

    Asar tufayli Аmerika aholisining katta qismi “quldorlik instituti”ga xos bo‘lgan azob-uqubatlar, bolalarni ota-onalardan ajratish, ularni hayvon kabi sotish va ularga nisbatan zo‘ravonliklar haqida tushunchalarga ega bo‘ldi. Bu roman chop etilgandan keyin Аmerikada asrlar davomida uxlagan vijdonlarning uyg‘onishi boshlandi.

    Iqtiboslar

    Аgar siz uchun juda qiyin bo‘lsa, hamma narsa sizga qarshi bo‘lsa, sizni ortiq bir daqiqa ham chidashga kuchingiz yo‘qdek tuyulsa, orqaga qaytmang, aynan shu lahzalarda kurashda keskin burilish yuz beradi;

    Qabrda biz hammamiz erkinmiz va tengmiz;

    Qul imkon bo‘lishi bilan xo‘jayinga aylanishni istaydi;

    Аgar biz yaxshilik qilish yo‘lida yomonlikka uchrashdan qo‘rqqanimizda edi, inson nomiga loyiq bo‘lmas edik.

    Qiziqarli faktlar

    Men shtatining Bransuik shahridagi Bicher-Stouning ushbu asarni yozgan uyi АQShning diqqatga sazovor joylari ro‘yxatiga kiritilgan;

    Insoniyat tarixida muhim rol o‘ynagan adabiy qahramonlarga bag‘ishlangan “101 ta mavjud bo‘lmagan nufuzli shaxs” kitobining ro‘yxatida Tom amaki 11-o‘rinni egallagan;

    Insonlar o‘rtasidagi teng huquqlilik g‘oyasi sababli asar Nikolay Rossiyasida taqiqlangan;

    “Tom amakining kulbasi” XIX asrning Injildan keyingi eng ko‘p sotilgan kitobi hisoblanadi.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    “Men insonman. Men sevishim kerak”. “Eljernon uchun gullar” romani haqida

    “Bu hayotda yo ovchisiz, yo o‘lja”. “Buyuk Getsbi” romani haqida

    O‘smirlikdan o‘tish qiyinchiliklari va Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani haqida

    “Qancha urinma, og‘ritganda og‘riydi”. Xaruki Murakamining “Norvegiya o‘rmoni” romani haqida

    Xolokost dahshatlari yosh bolakay ko‘zi bilan. “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” romani haqida

    Daydi bola daftari. Dikkensning “Oliver Tvist” romani haqida

    “Ayol yig‘lay olmasa, bu dahshatli narsa”. “Shamollarda qolgan hislarim” romani haqida

    “Ochlik hatto sherlarni ham yuvosh qilib qo‘yadi”. “Robinzon Kruzo” romani haqida

    “Mag‘rurlik kambag‘allar uchun hashamatdir”. “Shaxmat novellasi” haqida

    Kulgili sarguzashtlar haqida jiddiy asar. “Don Kixot” romani haqida

    “Bu o‘zing bilan yakkama-yakka shafqatsiz jang qilish edi”. Onore de Balzakning “Dahriyning ibodati” novellasi haqida

    09.03.2020, 18:37   Izoh (0)   81026
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Ronaldu bilan “An-Nassr” yangi shartnoma imzoladi

    Sport | 26 iyun, 19:08

    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

    Reklama | 26 iyun, 18:00

    “Men revizor bo‘lib ishlaganman, qamatish qo‘limdan keladi degan” hokimlik binosidan o‘ligi chiqqan rais voqeasi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 18:51

    O‘z-o‘ziga rejissyor: shaxsiy kinostudiyasini tashkil qilgan mashhurlar

    Kino | 26 iyun, 18:45

    Andijonda 1 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 18:40

    Ekvadorda mashhur jinoiy to‘da rahbari “Fito” qo‘lga olindi

    Dunyo | 26 iyun, 18:30

    Kosondagi bog‘chada 2,5 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

    O‘zbekiston | 26 iyun, 18:20

    Beyonse Parijda bir konsertda uchta rekordni o‘rnatdi

    Musiqa | 26 iyun, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.