Haj ziyorati davomida Al-Harom masjidida namoz o‘qish chog‘ida bir-birini jazirama quyoshdan himoya qilgan er-xotin ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining hayratiga sababchi bo‘ldi, deb yozadi “Islam-today.ru”.
Ayni paytda Saudiya Arabistonida yilning eng issiq mavsumi hukm surmoqda. Kunduzi havo harorati 42—43 darajagacha ko‘tariladi. Al-Harom masjidi yeri salqin bo‘lsa-da, quyosh nurlaridan himoyalanish ziyoratchilarning eng katta tashvishlaridan biriga aylanadi.
Suratlarda erkak va ayol Ka’ba yonida namoz o‘qish vaqtida bir-birlarini quyoshdan himoya qilib turganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)