Germaniyaning Gamburg shahri ringlarida bugun — 31-avgust kuni uch nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ko‘rinish beradi. Ularning barchasi mundial yarim finallari doirasida ringga ko‘tariladi.
Taqvimga ko‘ra, yarim finalning qolgan janglari ertaga — 1-sentabr kuni o‘tkaziladi. Quyida bugungi to‘qnashuvlarning taxminiy vaqti ko‘rsatib o‘tilgan.
- 21:15 — Hasanboy Do‘stmatov — Martines Yuberjen (Kolumbiya) — 49 kg.
- 22:00 — Iqbol Xoldorov — Fredus Rohas (AQSh) — 64 kg.
- 23:00 — Sanjar Tursunov — Yevgeniy Tishenko (Rossiya) — 91 kg.
Boks bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlarini O‘zbekiston uchun UzReport telekanali translyatsiya qilmoqda.
Izoh (0)