17-sentabr kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zXDP) Markaziy Kengashining navbatdagi VI plenumi bo‘lib o‘tdi. Partiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan qilinadigan ishlar va vazifalar belgilab olindi.
Plenumda 14-oktabr kuni chaqiriladigan O‘zXDPning X qurultoyida partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi, partiya fraksiyasi rahbari Hotamjon Ketmonovni O‘zXDPdan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida partiyaning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun nomzod sifatida ko‘rsatildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)