Nufuzli Globe Soccer Awards sovrini uchun nomzod bo‘lgan klublar ro‘yxati shakllantirildi.
Yilning eng yaxshi klubi sovrini uchun quyidagi klublar nomzodi ilgari surilmoqda:
“Arsenal” (Angliya), “Atalanta” (Italiya), “Barselona” (Ispaniya), “Bayer” (Germaniya), “Bavariya” (Germaniya), “Borussiya D” (Germaniya).
Shuningdek, ushbu ro‘yxatda “Brest” (Fransiya), “Jirona” (Ispaniya), “Inter” (Italiya), “Liverpul” (Angliya), “Manchester Siti” (Angliya), “Monako” (Fransiya), “PSJ” (Fransiya), “Real” (Ispaniya) va “Sporting” (Portugaliya) kabi klublar nomi keltirilgan.