SKOLKOVO boshqaruv maktabi portfelida 80 dan ziyod o‘quv biznes-dasturlari taqdim etilgan bo‘lib, ular transformatsiya jarayonini yo‘lga qo‘yish va yetishmayotgan salohiyatlarni rivojlantirishda yordam beradi.
Mart oyi boshlarida Toshkentga Moskvadan amaliy tashrif bilan SKOLKOVO boshqaruv maktabi rahbari Aleksandr Kim boshchiligida ushbu muassasa delegatsiyasi keldi. Qisqa lekin sermazmun safar davomida mehmonlar O‘zbekistonning yetakchi banklari vakillari bilan uchrashdilar, BeWoman Markaziy Osiyo ayollar forumida Maktab taqdimotini o‘tkazdilar va bitiruvchilar bilan nonushta qildilar.
SKOLKOVO maktabini mamlakatimiz bilan uzoq amaliy va ta'lim aloqalar bog‘lab keladi: maktab faoliyati davomida O‘zbekistondan qariyb 150 kishi uning tinglovchisi bo‘ldi, shulardan 16 nafari biznes yetakchilarini mavzuiy klublarga birlashtiruvchi bitiruvchilar hamjamiyatining a'zosi sanaladi. Maktab biznes-hamjamiyatlarni nimasi bilan bunchalik jalb qiladi?
Professional biznes-ta'lim
Zamonaviy jo‘shqin o‘zgarib borayotgan dunyoda ta'lim – taraqqiyotning asosiy shartlaridan biridir. Maktab biznes-dasturlari dunyoqarashni sezilarli kengaytirishdagina emas, balki har qanday vaziyatda biznesni boshqarish asoslarini chuqur tushunish malakasiga ham ega bo‘ladilar, taraqqiyot strategiyasini belgilash va uni amalga oshirish vositalarini to‘g‘ri tanlashni o‘rganadilar. Bugungi kunda O‘zbekistonga tobora ko‘proq xalqaro brendlar kelmoqda, demak nomzodlarga talablar oshib, mehnat bozorida raqobat kuchaymoqda. Real tajriba, chet tillarini bilish, qo‘shimcha MBA/EMBA ta'limning mavjudligi boshqalar orasida potensial nomzodni ajratib ko‘rsatuvchi sifat belgisi bo‘lib bormoqda.
Bir tomondan texnologiyalar sababli, boshqa tomondan insonlararo muloqotga bo‘lgan ehtiyoj tufayli, Maktabda ta'limning noyob gibrid formati yuzaga keldi va endilikda amalda birorta ham dastur usiz o‘tmaydi. Dedlayngacha istalgan paytda tanishib chiqish mumkin bo‘lgan, oldindan yozib olingan ma'ruzalar ish jadvalida bo‘sh vaqt ajratishi qiyin bo‘lgan insonlar uchun maksimal darajada qulaydir.
Kuchli ta'lim dasturlari
Boshqaruv maktabi Rossiya va dunyoning yetakchi o‘qituvchilarida professional biznes-ta'lim va o‘qishni taklif etib, keng ko‘lamdagi vazfialarni hal qiladi. Mahsulot portfeli oqilona ravishda ham biznes, ham ushbu biznes asosida turuvchi shaxs rivojining barcha bosqichlariga moslashtirilgan. Maktabning portfelida auditoriyaning turli segmentlariga yo‘naltirilgan 80 dan ziyod dasturlar mavjud, jumladan:
— bolalar va o‘smirlar uchun;
— yetakchi ayollar uchun;
— kichik va o‘rta biznes, startaplar uchun;
— davlat sektori vakillari uchun;
— xalqaro MBA va EMBA standarti;
— modulli va dimplomli tarmoq dasturlari;
— ixtisoslashgan dasturlar (masalan, SKOLKOVO boshqaruv maktabini va MFTIning qo‘shma biznes-bakalavriati, unda talabalar standart ravishda 4 yil o‘qiydilar va ikkita diplom oladilar);
— va ko‘plab boshqalar.
Bundan tashqari, kompaniyalar uchun amaliy menejment va raqamli transformatsiyadan tortib xalqaro masshtablash va yetakchilikkacha bo‘lgan turli-tuman mavzular bo‘yicha korporativ ta'lim dasturlari o‘tkaziladi. Shu kunga qadar 350 dan ziyod shunday yechimlar yaratilgan, ularda 38 mingdan ziyod mutaxassis ta'lim oldi. Yangi bilimlar biznesga kelgusi rivojlanish yo‘nalishini belgilashda, transformatsiya jarayonini yo‘lga qo‘yishda hamda oliy va o‘rta bo‘g‘in xodimlarda yetishmayotgan salohiyat va ko‘nikmalarni rivojlantirishda yordam beradi.
Qulay to‘lov va xorijiy diplom
Ta'lim davomiyligi va kurs yakunlanganligi haqidagi hujjat shakli tinglovchi qaysi dasturda o‘qiyotganiga bog‘liqdir. Maktabda kerakli salohiyatlarni aniq va tez o‘zlashtirishga yordam beruvchi qisqa muddatli – 1-2 kunli dasturlar mavjud. Uzoq muddatli dasturlar ham bor. Masalan, flagman dasturlar – MBA va Executive MBA bir yarim yildan ko‘proq davom etadi, ular loyihalar ustida guruhda ishlashni, imtihonlar va xalqaro namunadagi diplomni nazarda tutadi.
Yaxshi ta'limiy yechimning tannarxi doimo salmoqli bo‘lgan, bu Maktab ta'lim dasturlariga ham taalluqli. Ta'lim narxi tanlangan dasturga bog‘liq. Ularning ayrimlarida grantlar tanlovi o‘tkazailadi, ular bilan ta'limning 100 foizgacha narxini qoplash mumkin. G‘olib bo‘lish uchun saralash taomilini o‘tishning o‘zi yetarli emas, balki ishlarni qabul qiluvchi komissiyaga noan'anaviy fikr yuritish usulini ham namoyon etish zarur. Lotereyadagi kabi yutib olish emas, sport musobaqasida bo‘lganidek munosib bo‘lish va isbotlash kerak.
Masalan, MBA dasturi uchun grant olishning ikkita varianti bor: keyslarni hal qilish yoki o‘z loyihasini taqdim etish. Maktab o‘zi uchun turli tafakkur tarziga ega insonlarni farqlaydi: tadbirkor sifatida rivojlanishni rejalashtirganlar va o‘zini korporatsiyada ko‘ruvchilar. Shundan keyin o‘quv sinfining ichida, insonlar o‘z turfa xilli ekanliklari hisobiga bir-birlarini boyitishlari uchun, miks qilinadi.
Tengsiz salohiyat va samarali netvorking
SKOLKOVO maktabi beradigan professional ta'lim asosida yangi bilim manbalarini muntazam izlash, jahon darajasidagi texnologiyalarni qo‘llash yotadi. Maktab dasturlarining eng katta qismi qo‘shimcha salohiyatni shakllantirishi kerak bo‘lgan auditoriyaga mo‘ljallangan, shu sababli tinglovchilarning aksariyati – bu oliy ma'lumotga ega kishilardir.
Kurslar tinglovchilari maxsus yuqori intellektual muhitga tushadilar, chunki barcha dasturlarga ko‘plab mezonlar bo‘yicha jiddiy saralash bo‘ladi. Maktab biznes va boshqaruvning turli sohalarida bilim va ko‘nikmalarga ega hamda ularni guruhdoshlari bilan baham ko‘radigan insonlarni izlaydi. Diplom dasturlarining bitiruvchilari Alumni hamjamiyatiga kiradilar, u hozirgacha bir necha ming kishini birlashtirdi. Hamjamiyat qatnashchilari tahsildan keyin ham aloqada qoladilar, tajriba va maslahatlar bilan o‘rtoqlashadilar, bir-birlariga kerakli kontaktlar topish va kadrlar masalasini hal qilishda yordam beradilar.
So’ngi paytlarda SKOLKOVO boshqaruv maktabi Moskvadagi ta'lim dasturiga o‘zbekistonlik talabalarning salmoqli oqimini qayd etmoqda. Masalan, EMBAga, “HR – biznes uchun hamkor sifatida”, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish dasturiga qiziqish katta. Aynan shu sababli, Maktab O‘zbekiston ta'lim institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish niyatida va qo‘shma dasturlarni joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. O‘quv tashkilotlari ikki tomon uchun foydali shaklda qimmatli tajribalar almashishlari va mahalliy biznesning nozik jihatlarini joylarda o‘rganish uchun sayyor o‘quv modullarini tashkil etishlari mumkin.
2024-yilda SKOLKOVO maktabi O‘zbekistonda ikkita yirik korporativ loyihani o‘tkazmoqda va rejalarga ko‘ra, 2026-yilga borib korporativ mahsulotlar portfelining 30%gachasi O‘zbekistondagi va Qozog‘istondagi loyihalarga to‘g‘ri keladigan bo‘ladi.
Saytda maktab dasturlari bilan batafsil tanishishingiz va o‘zingizga mosini tanlashingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida