“Chotqol” davlat biosfera qo‘riqxonasi hududida o‘rnatilgan kuzatuv fotoqopqoniga Turkiston silovsini muhrlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi xabar berdi.
Turkiston silovsini O‘zbekiston Qizil kitobiga zaif, kamayib borayotgan, mozaik tarzda tarqalgan kichik tur sifatida kiritilgan. G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy hududlarida tarqalgan. Bargli va archa o‘rmonlarida yashaydi. Hisor tog‘ tizmasida 150 ga yaqin, “Ko‘hitang” tizmasida 20-25 ta, G‘arbiy Tyan-Shanda 100 ga yaqin, Turkiston tizmasida 300 ga yaqin silovsin yashaydi.
Izoh (0)