Falastinlik oddiy qiz bir kun kelib Iordaniya malikasiga aylanishini xayoliga ham keltira olmasdi. Bugun 53 yoshli Raniya al-Abdulla arab dunyosidagi ko‘plab ayollar uchun o‘rnakdir.
Qirolicha Raniya onalari bilan faxrlanadigan to‘rt farzandni tarbiyaladi. U Yaqin Sharqdagi har bir bola sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlashga intiladi.
Kuvaytlik oddiy qiz
Raniya Faysal al-Yassin falastinliklar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi pediatr, onasi esa uy bekasi edi. Oila Kuvaytda yashagan o‘rtahol oila edi.
Qizning ota-onasi ta’limni asosiy qadriyat deb bilgan. Raniya mahalliy maktabda ingliz tilini chuqur o‘rgangan. Maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Qohiradagi universitetning Biznes boshqaruvi fakultetiga o‘qishga kiradi. Oliy o‘quv yurtining diplomi Raniya uchun Yaqin Sharqdagi barcha xalqaro korporatsiyalarga yo‘l ochadi.
Biroq 90-yillarda Kuvaytda fuqarolar urushi boshlanadi. Raniyaning oilasi siyosiy sabablarga ko‘ra mamlakatni tark etadi. Shunday qilib, qiz Iordaniyada yangi hayot boshlaydi.
Shahzoda bilan uchrashuvi
Raniya Faysal al-Yassin Ommandagi Citibank filiallaridan biriga ishga joylashadi. Bank asoschisi Iordaniya qirolining merosxo‘ri bo‘lgan. Iste’dodli Raniya bo‘limning eng yaxshi xodimi edi. Bir kuni korporativ ziyofat uyushtiriladi, unga Raniya ham taklif qilinadi. Shu ziyofatda u Iordaniya shahzodasi Abdulloh II bin al-Husayn bilan tanishadi.
Juftlik taxminan olti oy uchrashib yuradi va tez orada unashtiriladi. Raniyaga qat’iy talablar qo‘yilmagan, chunki Abdulla faqat shahzoda bo‘lib, taxtga da’vo qila olmasdi. Tez orada milliy bayramga aylangan to‘y ham bo‘lib o‘tadi.
Raniya to‘yida go‘zal Zolushka obrazida namoyon bo‘ladi. Qirollik sulolasining an’analariga ko‘ra, kelin boshiga qimmatbaho tiara taqishi kerak edi. Ammo Raniyaning kamtarona oilasida bunday hashamatga o‘chlik bo‘lmagan, shuning uchun u tiara o‘rniga fata taqadi. Kelin Yevropa uslubida bezanadi.
Musulmon malikaning yevropacha uslubi
Abdulloh II ibn al-Husayn Muhammad payg‘ambarning eng qadimiy oilasining avlodi, shuning uchun u islom dinining homiysi hisoblanadi. Butun musulmon olamining nigohi uning oilasiga qadalgan. Shu sabab Abdullohning xotiniga alohida talablar qo‘yiladi.
1999-yilda shahzoda Abdulloh II bin al-Husayn o‘limidan oldin otasidan meros sifatida Iordaniya qiroli unvonini oladi. Ammo Raniya darhol qirolicha bo‘la olmaydi. Uni bu unvonga tayinlash faqat erining buyrug‘i bilan amalga oshishi mumkin edi.
Raniya uchun oila har doim hayotidagi eng qimmatli narsa bo‘lgan. Ularning to‘rt farzandi bor. Qirolicha arab ayollari huquqlarini jonkuyarlik bilan himoya qiladi. Raniyaning o‘zi Yevropa uslubida kiyinadi: u musulmon an’analari talab qilganidek, boshini ro‘mol bilan yopmaydi va qulay kiyimlar: kostyum-shim, ko‘ylak, bosh kiyim va poyabzallar kiyadi.
Qirolicha ommaviy axborot vositalariga intervyu beradi, siyosiy tadbirlarda qatnashadi, ijtimoiy tarmoqlarni boshqaradi va xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi. U Yaqin Sharqdagi ayollarga nisbatan kamsitish holatlari — oiladagi zo‘ravonlik, gender kamsitishga qarshi kurashadi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Abdullaning taxtga o‘tirishiga go‘zal Raniya sababchi bo‘lgan. Qaynotasiga bo‘lgan iliq munosabati tufayli u erining munosib taxt vorisi bo‘lishiga qirolni ishontira oladi. Er-xotin hatto bobolari sharafiga to‘ng‘ich o‘g‘liga — Husayn deb ism qo‘yadi.
Husayn — Iordaniya valiahd shahzodasi
Abdulla va Raniyaning to‘ng‘ich o‘g‘li Husayn namunali ta’lim oladi. Dastlab unga diplomat vazifasi yuklatiladi. Qirolicha har doim bolalari xalqaro ta’lim olishiga harakat qilgan. O‘g‘li boshqa mamlakatlardan kelgan bolalar bilan xususiy maktabda o‘qiydi. Husayn Vashington universitetini, Angliyadagi Qirollik harbiy akademiyasini tamomlaydi va Iordaniya qurolli kuchlarida kapitan bo‘ladi.
Bundan o‘n yil avval qirol Abdulla o‘g‘lini taxt vorisi deb e’lon qilgandi. Otasi taxtdan ketgach, Husayn uning vazifasini o‘z zimmasiga oladi. 2023-yilda u tadbirkor Rajva Al-Saifning qiziga uylandi. Qirolicha o‘g‘lining mazkur tanlovini bajonidil qo‘llab-quvvatladi.
Rajva ham Raniya singari zamonaviy uslubda kiyinishni afzal ko‘radi. Yaqinda ijtimoiy tadbirlardan birida yangi kelin-kuyov bir xil futbolka kiygan holda ko‘rinish berdi. Bu bilan Raniyaning kelini ayol erkak bilan teng huquqli ekanligini ta’kidlaydi.
Imon – Sharqning eng go‘zal malikasi
Imon — qirol oilasining to‘ng‘ich qizi. U oilasi bilan sayohatlarda va ijtimoiy tadbirlarda hamroh bo‘lishni yaxshi ko‘radi. Qiz akasi Husayn bilan bir xususiy maktabni bitirgan. Sport bilan shug‘ullanadi va bir nechta mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
O‘zining ajoyib ko‘rinishi tufayli Imon eng go‘zal Sharq malikasi deb ataladi. Ammo qiz modellik biznesidagi karyerasini tashlab, oliy ma’lumot olish uchun Amerikaga ketadi.
25 yoshida malika tadbirkor Jamil Aleksandr Termiotisga turmushga chiqdi. Qirol Abdullaning to‘ng‘ich qizining dabdabali to‘yi butun mamlakat bo‘ylab efirga uzatildi. Kelinning egnida chiroyli oq ko‘ylak, boshida esa qimmatbaho tiara bor edi. Raniyadan farqli o‘laroq, qizi to‘yida qadimiy tiara taqishni afzal ko‘rdi.
Salma — Iordaniya tarixidagi birinchi ayol uchuvchi
Malika Salma ham xalqaro maktabni tamomlagan va Qirollik harbiy akademiyasiga o‘qishga kirishga qaror qilgan. 19 yoshida u uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan. Mashg‘ulotlardan so‘ng, Salma o‘z mamlakati tarixidagi birinchi ayol uchuvchi bo‘ldi.
Otasi shaxsan o‘zi unga qanotlar tasvirlangan znachok sovg‘a qilgan. Qizi esa ularni formasida g‘urur bilan olib yuradi. Qirolicha Raniya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qiziga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Salma shu bilan to‘xtamaydi. U Kaliforniyadagi kollejga, so‘ngra arxeologiya universitetida ta’lim olishga qaror qilgan.
Hoshim — yosh valiahd shahzoda
Oiladagi eng kichik farzand — shahzoda Hoshim. Shunisi e’tiborga loyiqki, u otasi bilan bir kunda tug‘ilgan. Shahzoda Iordaniyadagi Qirollik akademiyasi maktabini tamomlagan.
Hoshim oilaning eng sevimlisidir. U akasi Husayndan 9 yosh kichik. 18 yoshidayoq shahzoda o‘zining qirollik vazifalarini boshlagan. U vitsa-qirol qasamyodini qabul qilgan va mamlakatda otasi yo‘qligida uning o‘rinbosari vazifasini bajaradi. U asta-sekin o‘zining yangi roliga o‘rganib bormoqda, ammo u hali yana ta’lim olishi kerak.