Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida “Jiguli”da yong‘in chiqib, portlab ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Viloyat FVB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 13-may kuni soat taxminan 20:43 larda Chiroqchi tumani “Choshtepa” MFY Sayidobod ko‘chasida “Vaz-2101” mashinasi yonayotgani to‘g‘risida tumani FVB ga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, zudlikda bitta yong‘in qutqaruv ekipaji soat taxminan 20:47 larda manzilga yetib borgan va yong‘inni soat 20:55 larda to‘liq bartaraf etgan.
Ma’lum bo'lishicha ushbu avtomobil Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro A.T. boshqaruvida bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sabablari va zarari aniqlanmoqda.