Isroil shimolidagi Meron tog‘i yaqinida Lag ba-Omer diniy festivali paytida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortig‘i jarohat oldi. Bu haqda The Times of Israel gazetasiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
The Times of Israel yozishicha, dastlab bayram paytida tribuna qulab tushgani xabar qilingan. Biroq keyinchalik rasmiylar hodisa tiqilinch tufayli sodir bo‘lganini aytgan.
Tragédia em Israel: 38 pessoas mortas e dezenas de feridos no festival Lag Ba'Omer.
— Licia Vianna - 2nd 🇧🇷 🇺🇸 (@ViannaLicia) April 30, 2021
Pelo menos 38 pessoas foram esmagadas até a morte e mais de 65 feridas. O primeiro-ministro Benjamin Netanyahu chamou o incidente de "terrível desastre".#Israel #LagBaomer pic.twitter.com/VYiRTHB1Pg
Festivalda jami 100 mingga yaqin odam qatnashgan. Oltita vertolyot va o‘nlab tez yordam mashinalari voqea joyiga yuborilgan.
Magen Devid Adom tez tibbiy yordam xizmati Twitter’da qayd etishicha, jabrlanganlarning olti nafari o‘ta og‘ir , 18 nafari og‘ir ahvolda deb baholanmoqda, ikki nafari o‘rta darajada, 39 nafari yengil darajada jarohatlanagan.
Reuters xabariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu voqeani “og‘ir falokat” deb atagan. “Biz hammamiz yaradorlarning tuzalishi uchun ibodat qilamiz”, — dedi u.
Isroil armiyasining harbiy xizmatchilari yaradorlarni va qurbonlarning jasadlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etmoqda, deya xabar berdi harbiy matbuot xizmati.
“Meron tog‘idagi hodisada frontorti qutqaruv brigadasi a’zolari, Shimoliy qo‘mondonlik tibbiy kuchlari va tibbiy guruh bilan bir nechta harbiy vertolyotlar, shuningdek, 669-qism harbiy xizmatchilari yordam bermoqda”, — deyiladi xabarda.
🇮🇱Israël : Une tribune s'est effondrée à Méron, lors des célébrations de Lag Baomer. Le bilan provisoire dépasse les 40 morts et il y aurait une centaine de blessés, selon plusieurs médias israéliens. pic.twitter.com/CQHZXlPj7j
— Franceat (@Franceatpresso2) April 30, 2021
https://twitter.com/raveenaujmaya/status/1387918905142824969
🔴 #BREAKING Israel: At least 28 people were crushed to death and more than 50 people hurt, including many in critical condition at a mass stampede during Lag B’Omer celebrations in Mount Meron. The PM Benjamin Netanyahu called the incident “a terrible disaster.” pic.twitter.com/oPiQK3XOwo
— Adrián Sánchez Berger (@sanchezberger) April 30, 2021
Lag ba-Omer yahudiylarning Oy taqvimi bo‘yicha Iyar oyining 18-kunida nishonlanadi. Bu yil festival 29-aprel kuni quyosh botishidan 30-aprel oqshomiga qadar to‘g‘ri keldi. Bayram yahudiy ilohiyotshunosi Akivaning bir necha ming talabalari o‘limiga sabab bo‘lgan epidemiyaning tugashi xotirasiga tashkil etilgan. Festivalda quyosh botganidan keyin olov yoqish, raqsga tushish va qo‘shiq kuylash odat tusiga kirgan. Tunda ko‘pchilik Meron tog‘idagi rabi Shimon qabrini ziyorat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli bilan vidolashish marosimida yuzaga kelgan olomon tiqilinchi oqibatida 45 kishi halok bo‘lib, 37 kishi jarohat olgan edi. Tiqilinch 21-mart kuni Dar-es-Salamdagi stadionda marhum prezidentning tobuti jamoat bilan vidolashish uchun namoyish etilgan payt yuz bergan.
Izoh (0)