Yaponiyada ertalab uyg‘onishga qiynaladigan va shu sababli ishga doim kech qoladigan insonlar uchun mobil dastur yaratildi. Mezamee yordamida foydalanuvchi uydan vaqtida chiqadi, aks holda u jarima to‘lashga majbur bo‘ladi, deb xabar beradi Glamour.
Dastur quyidagicha ishlaydi: foydalanuvchi o‘zining plastik kartasini unga bog‘lab qo‘yadi, Google Maps’da uy manzilini ko‘rsatadi va uydan chiqish vaqtini belgilaydi. Agarda foydalanuvchi belgilangan vaqtda uydan 100 metr uzoqlikka qadar yetib bormasa, uning hisobidan pul yechib olinadi. Jarima miqdorini esa foydalanuvchining o‘zi belgilaydi.
Mobil dastur foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini so‘rashiga qaramay, u yaponlarga juda yoqib qolgan. “Ayrilish mumkin bo‘lgan mablag‘ni tanlash mumkin ekan, ajoyib”, “Boyo‘g‘li bo‘lishdan qutilaman shekilli”, “Men kulganimga qaramay, ro‘yxatdan o‘tdim. Omad tilanglar”, deb yozadi foydalanuvchilar.
Dasturchilar kelajakda Mezamee’ga yangi funksiyalarni qo‘shish niyatida, masalan, vaqtni bir hafta oldindan belgilash imkoniyati.
Mavzuga doir: Ertalab oson va tetik uyg‘onish uchun nima qilish kerak?
Izoh (0)