Xakasiyaning sobiq rahbari Aleksey Lebed 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda respublika hukumati saytida ma’lum qilingan.
Lebed kasalxonada ichki qon quyilishi oqibatida olamdan o‘tgani bildirilmoqda.
Aleksey Lebed 1997—2009-yillarda Xakasiyani boshqargandi. So‘ng 3 yil davomida Davlat dumasi deputati bo‘lgan. U general Aleksandr Lebedning ukasi edi.
Izoh (0)