Bugun, 4-aprel kuni Vazirlar Mahkamasi qoshidagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun tashkil etilgan brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingni qo‘mitaning matbuot xizmati vakili Abror Xikmatov olib bordi, deya xabar berdi “Azon.uz”.
Brifingda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-mart kuni qabul qilingan fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodga bo‘lgan konstitutsion huquqlarini ta’minlash, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish, o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar samaradorligini yanada oshirish, ziyoratlarni yuqori samarada va tizimli tashkil etish hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar narxini arzonlashtirish bo‘yicha farmoyish ma’lumotlari taqdim etildi.