Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva Kattaqo‘rg‘onda ichki ishlar xodimi tomonidan tahqirlangan ayol ishiga munosabat bildirdi.
Samarqandlik ayol bilan bo‘lgan voqea albatta hech qaysi odob va axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Avvalo gap shu “erkak” tarbiyasining darajasi to‘g‘risida bo‘lishi kerak.Bu holat mutlaqo ichki ishlar idoralari faoliyatiga daxldor emas, aksincha, bu nufuzli vazirlik o‘z saflarini nopok, qo‘pol xodimlardan tozalayapti.
Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar bilan, u qanday xato qilib qo‘yganidan qat’iy nazar, bunday munosabatda bo‘lishga mutlaqo qarshi! Biz barcha ayollarimizni himoya qilish borasida o‘z faoliyatimizni olib bormoqdamiz. Hozirgi kunda oilada, mehnat jamoasida, ko‘cha-ko‘yda ayol zo‘ravonlik qurboni bo‘lsa, biz albatta uni himoya qilamiz.
Bu borada har bir tumanlarimiz va shaharlarda ayollarga yordam beradigan markazlar tashkil qilinmoqda, shu bilan birga zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan maxsus qonun yaratilishi ustidan ham ish olib borilmoqda.
Mazkur voqea barcha xotin-qizlarimizning nafratini uyg‘otdi, buni ijtimoiy tarmoqlardagi qizg‘in muhokamalar ko‘rsatmoqda.
Biz Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan tergov ishi yakunlarini kutamiz va shu ayolning muammosi bilan albatta shug‘ullanamiz.
Izoh (0)