Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining 9-majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masalalar ko‘rildi. Bu haqda “Daryo”ning ishonchli manbasi xabar berdi.
Partiya siyosiy kengashining ijroiya qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiyev o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi.
Yig‘ilishda Baxtiyor Yoqubovni partiya siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. U avval partiya siyosiy kengashining ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur xabarni partiya siyosiy kengashining a’zosi Shuhrat Oripov ham tasdiqladi.