Madridning “Real” jamoasi “Vilyarreal”ga qarshi Ispaniya chempionati 34-turida 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, La Liga doirasida 99, 100 va 101-gollarini kiritdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Shu tariqa, “Qirollik klubi” qatorasiga yettinchi mavsumda 100 tadan ortiq gol urib kelmoqda. Ushbu seriya 2008/09-yilgi mavsumda, madridliklar safiga Krishtianu Ronaldu kelib qo‘shilgach boshlangan.
“Real” portugaliyalik futbolchini sotib olgunga qadar faqat bir marta, 1989/90-yilgi mavsumda 100 tadan ko‘p gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Izoh (0)