Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Fernando Torres Ispaniya chempionati 34-turida “Atletik Bilbao”ga qarshi kechgan bahsda gol urib, jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
Ispaniyalik 32 yoshli hujumchi maydonga tushgan so‘nggi besh o‘yinini golsiz tark etmayapti. U “Betis” (5:1), “Barselona” (1:2), “Espanyol” (3:1), “Granada” (3:0) va “Atletik Bilbao”ga (1:0) qarshi o‘yinlarda bittadan gol kiritgan.
Qayd etish joiz, Fernando Torres “Barselona”ga qarshi (2:0) YeChL chorak final javob o‘yinini jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda qizil kartochka olgani uchun o‘tkazib yuborgan edi.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda o‘tkazilgan 37 o‘yinda 10 ta gol kiritgan.
Izoh (0)