20-aprel, chorshanba kuni dengizda, Papua Yangi Gvineya sohillariga yaqin hududda 5,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda, AQSh Geologiya xizmati axborotiga asoslanib, “TASS” ma’lumot tarqatdi.
Yer silkinishining epitsentri Latangay oroli qirg‘og‘idan 60 kilometr janubi-sharqda, Papua Yangi Gvineya poytaxti — Port-Morsbi shahridan 500 kilometr shimoli-sharqda ekani ma’lum qilindi. Tabiiy ofat o‘chog‘i 48 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Izoh (0)