Qozog‘iston va Qirg‘iziston, shuningdek, Afg‘oniston va Tojikiston orasidagi chegara hududlarda zilzila ro‘y berdi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar berdi.
Qozog‘iston seysmik tajriba-metodik ekspeditsiyasining ma’lumotiga ko‘ra, 20-aprelda Olmaota vaqti bilan soat 16:52 da epitsentri shahardan 100 kilometr shimoli-sharqda joylashgan kuchli yer silkinishi qayd qilindi. Tabiiy ofatning energetik toifasi — 9,9, magnitudasi — 4,4, chuqurligi — 15 kilometr.
Shuningdek, qozog‘istonlik seysmologlar, oradan o‘n daqiqa o‘tib, Afg‘oniston va Tojikiston chegarasida yana bir zilzila yuz berganini ma’lum qildi. Bu zilzilaning energetik toifasi — 10,4, magnitudasi — 4,9, chuqurligi — 25 kilometr.
Izoh (0)